OMMAVIY ELEKTRON SHARTNOMA (OFERTA)
1.1. Ushbu hujjat rasmiy ommaviy elektron shartnoma bo'lib, "UzAuto Motors" AJ ayrim turdagi tovarlarini sotish bo'yicha Onlayn savdoda ishtirok etish uchun barcha zarur shartlarni o'z ichiga oladi.
1.2. Hujjatda “UzAuto Motors” AJ (keyingi o'rinlarda SOTUVCHI deb ataladi) va tovarlarni sotib olish bo'yicha Onlayn savdo ishtirokchisi ushbu shartnoma shartlari bilan tanish va rozi ekanligi ko'rsatiladi.
1.3. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksiga muvofiq, agar quyida keltirilgan shartlar qabul qilingan bo'lsa, ushbu taklifni qabul qilgan yuridik yoki jismoniy shaxs elektron raqamli imzo (ERI) yordamida tasdiqlaydi hamda, ushbu onlayn savdoning “Onlayn savdoda qatnashuvchi XARIDOR” sifatida tasdiqlanadi.
1.4. Yuqoridagilar bilan bog'liq holda ushbu taklif shartnoma matnini diqqat bilan o'qing va agar siz uning shartlariga rozi bo'lmasangiz, tovarlarni sotib olish bo'yicha Onlayn savdoda ishtirok eta olmaysiz.
2. ATAMALAR
2.1. Ushbu Taklifning maqsadlari uchun quyidagi atamalar quyidagi ma'noda ishlatiladi:
SOTUVCHI- "UzAuto Motors" AJ;
Elektron shartnoma (ushbu hujjat) - Ommaviy elektron shartnomasi hisoblanadi;
Ommaviy elektron shartnomasini qabul qilish- ERI orqali shartnomani qaytarib bo'lmaydigan tarzda qabul qilish;
Elektron Onlayn savdo- sotib olish tartib-taomilining turi, unda g'olib bo'lgan shaxs shartnomani bajarish uchun eng yaxshi shartlarni taklif qilgan ishtirokchi (XARIDOR) hisoblanadi.
Lot- xaridor tomonidan har xil mezonlarga ko'ra (maqsadga muvofiqligi, texnik va funktsional xususiyatlariga ko'ra) birlashtirilgan shu kabi tovarlarning to'plami sifatida aniqlangan sotib olish ob'ektining miqdoriy qismi.
3.1. Ishtirokchilar, Onlayn savdo boshlanishidan oldin har bir Lot uchun mazkur Lot qiymatining 30% gacha miqdorida (ya’ni oldindan to'lov puli (zakalat) elektron onlayn savdo ob'ektining boshlang'ich narxining qiymati 300 mln co'mgacha bo'lgan taqdirda 30 foiz, 300 mln dan 700 mln so'mgacha bo'lgan taqdirda 20 foiz, 700 mln so'mdan ko'p bo'lgan taqdirda 10 foiz etib belgilanadi) pul mablag'ini zakalat uchun “SOTUVCHI”ning hisob raqamiga oldindan o'tkazadilar. Onlayn savdoda qatnashish uchun Ro'yxatdan o’tish (registratsiya) jarayonlari onlayn savdo platformasida (yoki boshqa aloqa vositasi orqali) elon qilingan xabarnomaga ko’ra amalga oshiriladi.
3.2. Agar Onlayn savdo boshlanishidan oldin garov to'lovi amalga oshirilmagan bo'lsa, ishtirokchi “XARIDOR”ni tanlovda ishtirok etishiga yo'l qo'yilmaydi.
3.3. Onlayn savdo jarayonida ishtirokchilar Onlayn savdo e'lon qilingan kundan boshlab va e'londa belgilangan davr mobaynida cheksiz xolatda, ko'p marotaba narx takliflarini taqdim etish huquqiga ega.
3.4. Onlayn savdo o'tkazilish muddati to'g'risida ma'lumot, e'londa ko'rsatilgan bo'lib (sana va vaqt), lekin oxirgi taklif olingan vaqtdan boshlab o’n daqiqa ilgari taklif bergan deb hisoblanadi va yangi taklif kiritilsa, ishtirokchilarning takliflarini qabul qilish muddati oxirgi taklif yuborilgan paytdan boshlab 10 (o’n) daqiqaga uzaytiriladi.
3.5. G'olibning ismi va aloqa ma'lumotlari tanlov yakuniga qadar portalda ko'rsatilmaydi.
3.6. Tanlovning tugash vaqti kelganda, portal avtomatik ravishda tanlov davomida taqdim etilgan eng yuqori narx taklifini aniqlaydi. Eng yuqori narx bilan taklifni taqdim etgan ishtirokchi portal tomonidan avtomatik ravishda tanlov g'olibi sifatida tanlanadi. G'olibning nomi portalda ko'rsatiladi, u avtomatik ravishda bajarilgan bitimni qayd qiladi va natijada XARIDORning taklifiy ma'lumotlariga muvofiq oldi-sotdi shartnoma tuziladi.
3.7. Elektron onlayn savdoga chiqarilgan ob'ektlarni sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat elektron onlayn savdoda kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruxsat beriladi. Agar tanlovda faqat bir nafar xaridor ishtirok etsa, yoki hech kim ishtirok etmagan bo'lsa, mazkur onlayn savdo LOTi bekor deb hisoblanib shartnoma tuzilmaydi.
3.8. Agar Onlayn savdo g'olibi tovarni sotib olishdan bosh tortsa, ushbu ishtirokchi blokka olinib, keyingi onlayn savdolarda ishtirok etishdan maxrum etiladi va Onlayn savdo g'olibi tuzilgan shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun garovga qo'yilgan zakalat (30% gacha) pul mablag'lari onlayn savdo o'tkazuvchi “SOTUVCHI” (UzAuto Motors AJ) tasarrufida saqlab qolinadi.
3.9. Onlayn savdo tugagan kundan boshlab 3 kun ichida SOTUVCHI, tanlov tugagan tovarlarni sotish bo'yicha tanlov g'olibi (XARIDOR) bilan shartnoma tuzishi belgilangan.
3.10. “XARIDOR” shartnoma tuzilgandan so'ng 3 kun ichida shartnoma umumiy qiymatining 15% mablag'ni “SOTUVCHI”ning hisob raqamiga (30% gacha zakalat to'lovi bundan mustasno) o'tkazishi va sotib olish jarayonlarini boshlashi shart.
3.11. Agar “XARIDOR” 3 kun ichida shartnoma umumiy qiymatini 15% mablag'ni “SOTUVCHI”ning hisob raqamiga o'tkazmasa, “SOTUVCHI” shartnomani bir tomonlama bekor qilishga va bu haqda 3 kun ichida “XARIDOR”ga yozma ravishda xabardor qilishga haqlidir. Bunday holda, “XARIDOR”ning 30%gacha zakalat mablag'i “SOTUVCHI” tomonidan xaridorning shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun jarima sifatida saqlab qolinadi.
3.12. “SOTUVCHI” tomonidan tovarlarni jo'natish, har bir yuk uchun 100% oldindan to'lov qabul qilingandan so'ng amalga oshiriladi.
3.13. Tomonlarning ushbu elektron shartnoma (oferta) bo'yicha barcha kelishmovchiliklari Asaka tumani Iqtisodiy Sudi tomonidan hal qilinadi.